TOShKENT, 13-may — Sputnik. "Paxtakor" futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, klub vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Bobur Shodiyev klub prezidenti etib tayinlandi.
Klub bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov klub vitse-prezidenti lavozimini egalladi.
"Paxtakor" klubi bosh direktori etib Dmitriy Adisman tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, aprelda klub bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalardan so‘ng iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlangandi. Hozirda "Paxtakor" O‘zbekiston chempionatida 8-o‘rinda bormoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.