Rahmonbek Usmonov "Paxtakor" klubi rahbariyatida o‘zgarishlarni amalga oshirdi

Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishicha, klub prezidenti, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov tomonidan klub rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bugun "Paxtakor" futbol klubida rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, klub prezidenti, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov tomonidan klub rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.

"Paxtakor" futbol klubi vitse-prezidenti etib O‘zbekiston dzudo federatsiyasi vitse-prezidenti Bobur Shodiyev tayinlandi.

Klub bosh direktori lavozimiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tayinlandi.

Hozirda "Paxtakor" O‘zbekiston chempionati oliy ligasi jadvalida yetti o‘yindan so‘ng 7 ochko jamg‘argan holda 12-o‘rinda bormoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0