IIV Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi nomi o‘zgardi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishDokumenti migranta ojidayushego polucheniya razresheniya na rabotu
Dokumenti migranta ojidayushego polucheniya razresheniya na rabotu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda endilikda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi faoliyat yuritadi

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining nomi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga o‘zgartirildi, deb xabar berilmoqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy saytida.

Ushbu o‘zgartirish O‘zbekiston prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni talablari asosida amalga oshirildi.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Xorijga chiqish ruxsatnomasini olish uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi

Xabarda bildirilishicha, fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali masofadan turib biometrik pasport olish uchun navbatga turish va belgilangan muddatda “biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punkti”ga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan xizmat turi joriy qilindi.

Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetga kirish uchun ID.UZ (www.id.uz) identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tishi talab etilib, so‘ngra www.gov.uz internet sahifasining “Fuqarolik” bo‘limiga kirish orqali biometrik pasport hujjatlashtirish uchun On-line tartibda navbatga turishi mumkin bo‘ladi.

Bu tartib Toshkent shahrining barcha “biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlari”da joriy qilingan bo‘lib, fuqarolarga hamda tizimda faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarga yanada qulayliklar yaratadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0