Xorijga chiqish ruxsatnomasini olish uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi

© Sputnik / StringerUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2017-yil oxiriga qadar xorijga chiqish vizasi olish uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi.

TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yil oxiriga qadar xorijga chiqish vizasi va biometrik pasport olish uchun elektron navbat tizimini ishga tushiradi. Bu haqda Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

XChKFR boshqarmasi o‘rinbosari aytishiga qaraganda,  yangi elektron navbat tizimi, ayni damda ishlab chiqarilayotgan hukumat loyihasida  ko‘zda tutilgan.   

Undan tashqari, Toshxo‘jayev aytishiga qaraganda, kelajakda O‘zbekistonda chet elga chiqish ruxsatnomasi umuman bekor qilinib, uning o‘rniga xorijiy pasport berish tizimi joriy qilinishi mumkin ekan. 

Yangiliklar lentasi
0