Toshkentda ayol o‘z o‘g‘lini 2 ming $ ga sotmoqchi bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Ishoqmas ayol va uning hamtovog‘i 1 ming $ olayotgan vaqtlarida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan. Jinoyatchilar "savdolashish" jarayonida bolani aynan shu narxga sotishga kelishishgan

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Poytaxtlik tezkor xodimlar tomonidan o‘zining 4 yashar bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi xabar berdi.

Mat s mladensem - Sputnik O‘zbekiston
Farzandini sotib puliga uy olmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
Ishoqmas ayol bilan birga noqonuniy savdo kelishuvida vositachilik qilgan ayol ham qo‘lga olingan. Aynan mana shu vositachi qashqadaryolik yosh ayolga o‘z bolasini sotish orqali daromad olishni maslahat bergan. Ayol tayyor xaridor borligini eshitib, ushbu qing‘ir ishga rozi bo‘lgan.

"Vaziyat ushbu janrning eng yaxshi an’analari asosida rivojlanib, ish savdolashishsiz bitmagan. Sotuvchilar jonli tovar uchun 2 ming $ so‘rashgan. Xaridor 500 $ taklif qilgan. Natijada tomonlar 1 ming $ ga kelishishgan", — dedi ichki ishlar xodimi.

Tezkor xodimlar savdogarlarni ichki ishlar organlariga murojaat qilgan xaridor tufayli qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Jinoyatchilar pulni olayotgan paytda qo‘lgan olingan. Ushbu ikki ayol hibsga olinib, tergov ishlari olib borilmoqda. Ularga odam savdosi jinoyat ishi bo‘yicha ayb qo‘yilgan.

Ichki ishlar xodimi so‘zlariga ko‘ra, bola mutaxassislar kuzatuvi ostida bo‘lishi uchun Toshkent shahar Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi qoshidagi reabilitatsiya markaziga joylashtirildi. Bola sud hukmi chiqqunga qadar o‘sha yerda qoldiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0