O‘zbekistonda New Holland kompaniyasi metanda yuradigan traktorlar ishlab chiqaradi

© AP Photo / Massimo PincaTraktor New Holland T6, kotoriy rabotayet na metane
Traktor New Holland T6, kotoriy rabotayet na metane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelasi yildan boshlab bozorga gazda yuradigan texnika chiqariladi

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Kelasi yildan boshlab Case New Holland O‘zbekistonda metan gazida yuradigan traktorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.

Samarqandda MAN zavodida avtobus ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
MAN Toshkentni metanda yuradigan avtobuslar bilan ta’minlaydi

"Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, gaz dvigatellarini qo‘llash bo‘yicha jahonda yetakchi hisoblangan Case New Holland kompaniyasi bilan loyiha amalga oshirilmoqda.  Ushbu traktorni Italiyadagi dala maydonlarida sinovdan o‘tkazish jarayonida biz ham ishtirok etdik", – degan  "O‘zagrotexsanoatxolding" AJ boshqaruvi raisi Nodir Otajonov.

Siqilgan gazdan anchadan buyon yuk mashinalari va avtobuslarda foydalanilmoqda, faqat uning yagona cheklovi yonilg‘i bakining sig‘imidir. New Holland konstruktorlari bu masalani mohirlik bilan hal etdilar.

"Menimcha, bu traktor O‘zbekistonda juda yaxshi qabul qilinadi. Kelasi yildan boshlab bozorga gazda yuradigan texnikani chiqara boshlaymiz. Biz dvigatel quvvati 80dan 110 ot kuchigacha bo‘lgan traktorlarni gazga o‘tkazishni ko‘zda tutmoqdamiz",– degan xolding rahbari.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 40 mingga yaqin traktordan foydalaniladi.

Metanda yuradigan New Holland traktorining prototipi o‘tgan yili namoyish etilgandi. U New Holland ishlab chiqargan "metanli" texnikaning ikkinchi avlodi hisoblanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0