MAN Toshkentni metanda yuradigan avtobuslar bilan ta’minlaydi

© Press-slujba prezidenta KirgizstanaSamarqandda MAN zavodida avtobus ishlab chiqarish
Samarqandda MAN zavodida avtobus ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent avtoparklari 2019-yilga qadar ekologik toza yonilg‘ida yuradigan avtobuslarga o‘tadi. Bu yil hukumat qaroriga binoan 320 ta gazda yuradigan avtobus sotib olinadi.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi MAN Auto-Uzbekistan 2017-yilda Toshkent avtoparklari uchun metan gazida yuradigan avtobuslar ishlab chiqarishni boshlaydi.

"Toshkent avtoparklarini metan gazida yuradigan avtobuslarga o‘tkazish dasturi asosida MAN Auto-Uzbekistan korxonasida ekologik toza avtobuslar ishglab chiqarila boshlaydi", — dedi RIA Novosti muxbiriga korxona vakili.

Uning so‘zlariga qaraganda 2015-yilning bahoridan boshlab Toshkentning turli yo‘nalishlarida metanda ishlaydigan bir necha MAN avtobuslari sinovdan o‘tdi. 2016-yilning dekabr oyida Samarqanddagi korxonada 5 ta shunday avtobus ishlab chiqarilgan edi.

Yo‘nalishda birnchi kun - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda gaz bilan ishlaydigan yangi avtobus yo‘nalishga chiqdi

O‘zbekiston hukumati qabul qilgan qarorga ko‘ra, "Toshshahartransservis" avtoparklari 2017-2019 yillarda 320ta gazda yuradigan 12-metrli MAN avtobuslari sotib oladi. Ular MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarila boshlaydi. Avtoparklar hududida texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari va gaz quyish kompressor stansiyalari ochiladi. Ushbu ishlar xarajatlari tijorat banklari kreditlari va O‘zbekiston lizing kompaniyalari hisobidan amalga oshiriladi.  

"Toshshahartransservis" korxonalari har kuni 1,5 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Korxonada 600ta Mercedes-Benz va 680ta Isuzu avtobuslari ishlaydi.

MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi 2009-yilning avgustida "O‘zavtosanoat" AJ va MAN Nutzfahrzeuge kompaniyalari tomonidan tashkil qilingan edi. Korxona nizom kapitali 3 million yevro. Undan 51% O‘zbekiston tomoniga 49% Germaniya korxonasiga tegishli. Qo‘shma korxona yiliga 5000 yuk mashinasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ishga tushgan vaqtidan bogshlab hozirga qadar korxonada 15 tonnadan 50 tonnagagacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lgan 5 mingdan ortiq yuk avtomobillari ishlab chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0