TOShKENT, 12-may — Sputnik. Kecha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Nizolarning oldini olish bo‘yicha markazi direktori Marsel Peshko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, mintaqa muammolari va boshqa mavzular tashkilot kun tartibi nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.
Mamlakatda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida hamkorlikni mustahkamlash va yanada chuqurlashtirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi e’tirof etildi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.