YeXHT Bosh kotibi Mirziyoyev bilan uchrashishga umid bildirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishLamberto Zanyer
Lamberto Zanyer - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lamberto Zanyer O‘zbekistonning tashkilot faoliyatidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. YeXHT Bosh kotibi Lamberto Zanyer Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti etib saylangani bilan qutladi va Markaziy Osiyodagi vaziyat haqida shaxsan uchrashib muzokara o‘tkazishga umid bildirdi.

"Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman. YeXHT bilan O‘zbekiston o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va Sizning rahbarligingizda o‘zaro manfaatli ushbu munosabatlarni yanada rivojlantirishimizga ishonaman", — deyiladi YeXHT Bosh kotibi maktubida.

Lamberto Zanyer O‘zbekistonning tashkilot faoliyatidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

"O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va, umuman, YeXHT makonida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotganini va tashkilot faoliyatida yanada faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu masalalarni Siz bilan muhokama qilish imkoniyati paydo bo‘lishini kutib qolaman", — deyilgan maktubda.

YeXHT Bosh kotibi shuningdek, Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi O‘zbekistonga Prezident saylovini kuzatish missiyasini amalga oshirishga taklif etilgani uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.

"Siz YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishingizga ishonaman", — deb yoziladi qutlov maktubida.

Siyosatshunos Andrey Manoylo - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: YeXHTning noaniq xulosalariga e’tibor bermaslik kerak

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi oktabr o‘rtalarida O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun 200 kuzatuvchidan iborat keng miqyosdagi missiyasini jo‘natgandi. Tashkilot saylov juda yaxshi tashkil etilgani, lekin saylovoldi kampaniyasi davomida nomzodlar bir-birlari bilan munozara o‘tkazishmaganini bildirdi.

Respublikada bo‘lib o‘tgan saylovni 44 mamlakatning 500dan ortiq xalqaro kuzatuvchilari kuzatishdi. Ular orasida turli xalqaro tashkilotlar, jumladan, MDH, YeXHT, ShHT, IHT va Butunjahon saylov organlari tashkiloti vakillari ham bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0