Buxoro va Xitoyning Loyan shahri o‘zaro birodarlashadi

Obuna bo‘lish
Buxoro va Xitoyning qadimiy shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish haqidagi taklifni XXR raisi Si Szinpin O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida bildirgandi

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Tez orada Buxoro va Xitoyning Loyan shahri birodarlashgan shaharlarga aylanishlari mumkin, deb yozadi Podrobno.uz. Buxoro va Xitoyning qadimiy shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish haqidagi taklifni XXR raisi Si Szinpin 2016-yil 22-iyunda O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida bildirgandi.

Buxoro - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro tez vaqtda tanib bo‘lmas darajada chiroy ochadi

Loyan 5 ming yillik tarixga ega bo‘lib, atrofdagi shaharchalar bilan birgalikda aholisi 6,5 mln kishini tashkil etadi. Bu shahar qadimiy obidalar, zamonaviy universitetlar, muzeylarga boy.

Buxoro shahri Orexovo-Zuyevo (Rossiya), Santa-Fe (AQSh), Bonn (GFR), Rual-Malmezon (Fransiya), Kordova (Ispaniya), Izmir (Turkiya) shaharlari bilan birodarlashgan. Loyan esa Tolyatti (Rossiya), bir qator Yaponiya va Fransiya shaharlari bilan birodarlik aloqalarini o‘rnatgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0