TOShKENT, 12-may — Sputnik. Shimoliy Koreya rahbariga su’iqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan shpionlar keskin jazoga tortadi, deb bayonot qildi Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi elchisi Kim Xen Chjun.
O‘tgan haftada KXDR Milliy xavfsizlik vazirligi vakillari AQShning Markaziy Razvedka burosi hamda Janubiy Koreya Razvedka xizmati Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga allaqanday biokimoviy modda yordamida hujum qilmoqchi bo‘lgani haqida xabar tarqatgan.
Mana shundan so‘ng Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xan Son Rel "KXDR darhol koreyscha uslubda antiterror urushiga kirishishini va uni bosqichma-bosqich va tezlikda o‘tkazishini" xabar qilgan.
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, ushbu bayonotlardan keyin Shimoliy Koreyada ikki nafar AQSh fuqarosi hibsga olingan. Ular Toni Kim (koreycha ismi Kim San Dok) va Kim Xak Son.
Biroz oldin Shimoliy Koreyada yana ikki nafar Amerika fuqarosi hibsga olingan edi. Ular 62 yoshli Kim Chon Chxol va talaba Otto-Friderik Uormbiyer. Qo‘lga olinganlar 2016-yilda KXDRga qarshi qo‘poruvchilik harakatida ayblanib, ozodlikdan mahrum qilingan.