TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin orad Navoiy va Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatlarining tarkibiy bo‘limlari asosida yagona geologiya xizmati paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Prezidentning yangi geologik xizmat tashkil qilish haqidagi qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yagona portalida muhokamaga chiqarildi.
Loyihada qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistondagi mavjud bo‘lgan qimmatbaho, rangli va nodir metallar 435ta yer osti uchastkasining 380tasi (87%) respublikaning mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish dasturlariga qamrab olinmagan. Qattiq foydali qazilma konlarining 120 tasida (71%) qayta ishlash yo‘lga qo‘yilmagan.
Ekspertlar baholashiga qaraganda, yagona geologik xizmat tashkil qilish, geologik razvedka ishlarining samaradorligini oshiradi. Shuningdek, bunday yondashish respublika iqtisodiyotini uzoq muddatga mineral xom-ashyo bilan ta’minlash imkonini yaratadi. Xom-ashyo bilan ta’minlangan iqtisod esa sifatli va chet el bozorlarida raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi mumkin.
Yangi geologiya xizmati O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi asosida tashkil qilinadi. Yangi tashkilotning ustuvor vazifalari sifatida yer boyliklarini geologik razvedka qilish, respublika mineral xom-ashyoviy rivojlanishini ta’minlash, yer osti suv resurslarini, qimmatbaho, rangli, kamob metallar va mineral xom-ashyoning yangi turlarini tezkor qidirish kabib vazifalar belgilangan.
Undan tashqari yangi xizmat geologik razvedka ishlarining samaradorligini va sifatini oshirish, ushbu sohaga yangi metodlarni olib kirish bilan shug‘ullanadi.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun sohaga eng zamonaviy texnologiyalar kiritilishi va mutaxassislar malakasini oshirish va mehnatdan rag‘batlantirishni oshirish rejalashtirilgan.