TOShKENT, 12-may — Sputnik. May oyida Samarqand viloyatining Qo‘shrabot, Urgut va Tayloq tumanlarida pensiya va nafaqalar mahallalar bilan hamkorlikda "Xalq banki" orqali tarqatilyapti, deb xabar berdi "Zarafshon" nashri.
14 Aprel 2017, 09:49
Xabarda ta’kidlanishicha, buning uchun Qo‘shrabot va Toyloq tumanlarida 3 tadan, Urgutda 6 ta "Damas" avtomashinasi xizmat ko‘rsatayapti.
Har bir "Damas"ga "Xalq banki"ning ikki xodimi, bir nafar militsiya xodimi birkitilgan.
O‘zbekiston prezident qaroriga asosan, 2017-yilning iyul oyidan boshlab pensiya va nafaqalar Xalq banki orqali har oyning 27 sanasida to‘lanadi. To‘lov boshlangani haqida fuqarolar sms orqali ogohlantiriladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.