TOShKENT, 12-may — Sputnik. Poytaxt militsiyasi o‘zi ishlab chiqargan avtomobil o‘g‘irlanishini oldini oladigan masofadan boshqariladigan elektron tizimni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu loyiha kelgusi yildan amalga oshirila boshlaydi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi rahbari Bekmurod Abdullayev.
"Faqat shundan keyingina, rejaga ko‘ra kelasi yildan avtomobillarga ularning o‘g‘irlanishini oldini oluvchi tizimlarni o‘rnatishga kirishamiz", — deb ta’kidladi u.
Qayd etamizki, bu tizim faqatgina mijoz murojaati asosida o‘rnatiladi. U quyidagicha ishlaydi — militsiya xodimlari avtomobilga maxsus moslama o‘rnatadi. Agar mashina o‘g‘irlab qochilgan taqdirda, uning egasi bu haqda dispetcherlik punktiga xabar qiladi va avtomobildan tarqaladigan maxsus signallar orqali, militsiya uning harakatlanish joyini aniqlaydi. Mana shundan so‘ng, avtomobil uning sohibi talabiga asosan masofadan to‘xtatilishi, o‘g‘ri esa qo‘lga olinishi mumkin. Tizim hatto rulda kim o‘tirganini aniqlash imkonini berishi aytilmoqda.
O‘tgan yil militsiya xodimlari 12 ta shaxsiy avtomobilda ushbu moslamani sinovdan o‘tkazishgan. Test sinov natijalari a’lo darajada yakunlangan. O‘shanda bu tizim 2017-yilda ishga tushirilishi ma’lum qilingan edi, ammo militsiya o‘z rejasini bir oz o‘zgartirgan ko‘rinadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.