O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Kattaqo‘rg‘onda sayyor qabul o‘tkazdi

© Sputnik / StringerSamarqand ko‘chalari
Samarqand ko‘chalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda joriy yilda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishda avvalo, rahbarlarning, har bir fuqaroning burchi va mas’uliyati haqida so‘z yuritildi

TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudayberganov Kattaqo‘rg‘on shahrida sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Vid goroda Andijan - Sputnik O‘zbekiston
Andijonliklarni asosan uy-joy va tibbiy xizmat masalalari qiynashi ma’lum bo‘ldi
Tadbirda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mutasaddilari, viloyat hokimligi hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar, faxriylar, yoshlar ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, uchrashuvda joriy yilda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishda avvalo, rahbarlarning, har bir fuqaroning burchi va mas’uliyati haqida so‘z yuritilgan.

Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi tomonidan yo‘llangan 150 ga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqilgan.

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar har tomonlama tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o‘rganilgan. Bunda ko‘p hollarda ayrim mutasaddi rahbarlarning o‘z vazifasiga loqaydlik va mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Priyem grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi
"Murojaatlarning 80 %idan ortig‘i joyida yechimini topgan, qolganlarini qo‘shimcha o‘rganish va hal etish bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi", deyiladi hokimlik xabarida.

Masalan, Paxtachi tumanining Ziyovuddin qo‘rg‘oni fuqarolari tomonidan yer osti suvlarining ko‘tarilishi oqibatida bino va inshootlarga, tabiatga zarar keltirayotgani tegishli idoralar tomonidan o‘rganiladigan, narpaylik F.Hakimova, I.Ziyotovning nafaqa pullarini vaqtida ololmayotgani, O.Mahmudovaning farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga sababsiz qabul qilinmayotgani joyida hal etiladigan bo‘ldi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0