TOShKENT, 12-may — Sputnik. 2017 yil boshida Toshkent shahrida 500 ming dollardan ortiq miqdorda xorijiy valyuta qo‘lga olingan, deb xabar qildi "Podrobno" nashri.
"2017 yil boshidan Bosh prokuratura departamenti xodimlari tomonidan 364,6 ming dollar, 11,7 ming yevro, 663,4 ming Rossiya rubli, 227,8 ming qozoq tangasi hamda 1,3 milliard so‘m miqdoridagi boshqa horijiy valyutalar olib qo‘yilgan. Ushbu valyutalarning umumiy miqdori 500 ming dollardan ortiq pul mablag‘ini tashkil qiladi", – deb ta’kidlandi Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifing anjumanida.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yil boshidan 177 ta noqonuniy valyuta savdosi holati aniqlangan. 31 holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda 146 ta holat bo‘yicha ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan. Respublika qonunchiliga asosan, valyuta qiymatlariga qonunga xilof ravishda egalik qilish yoki sotish eng kam oylik ish haqining 5 baravarigacha miqdorda jarimadan tortib 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.