Dollar kursi oshishda davom etapti

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1 AQSh dollari 3734 so‘mu 91 tiyin etib belgilandi

TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017-yil 2-maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

O‘zbekiston Markaziy Banki raisi o‘rinbosari Shohruh Shoahmedov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda valyutani erkin ayriboshlash sari ilk qadam qo‘yildi - MB raisi o‘rinbosari
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3734 so‘mu 91 tiyin etib belgilandi. Aprel oyining 9-sanasida dollarning davlat kursi 3623,07 so‘mni tashkil qilgan edi.

Shu kechayu-kunduzda, Sputnik O‘zbekiston manbasining xabariga ko‘ra, dollarning qora bozordagi narxi esa 7950-8000 so‘mni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 yevro qiymati 4075 so‘mu 98 tiyinga yetgan.

1 Rossiya rubli esa 65,54 etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0