MXX tovlamachilik bilan shug‘ullangan Sirdaryo tumani IIB xodimini qo‘lga oldi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishJinoyatchining qo‘lga olinishi
Jinoyatchining qo‘lga olinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo tumani IIB katta tezkor xodimi sirdaryolik ayoldan 2 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushdi. MXX ma’lumotiga ko‘ra, huquq-tartibot xodimi olingan tovon evaziga ayolning akasiga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishini boshqa moddaga qayta kvalifikatsiya qilishda yordam bermoqchi bo‘lgan

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Sirdaryo tumani Ichki ishlar bo‘limi katta tezkor xodimi Zafar Husanov yirik miqdorda valyutani olayotgan paytda Milliy xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Skreplenie pechatami - Sputnik O‘zbekiston
MXX hokim qarorlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullanuvchi tovlamachilarni ushladi
28 yoshli Zafar Husanov, o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, yuritilayotgan jinoiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha muntazam ravishda tovlamachilik yo‘li bilan fuqarolardan pul talab qilgan, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga MXX xodimi.

“Husanov fuqaro A.Adan 2 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olindi.  U bu pullar evaziga ayolning akasiga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishini Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinishiga yordam bermoqchi bo‘lgan”, — dedi MXX xodimi Sputnik muxbiriga.

Sirdaryo viloyati prokuraturasida Husanovga nisbatan Jinoyat kodeksining qator moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0