MXX hokim qarorlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullanuvchi tovlamachilarni ushladi

© Sputnik/Viktor TolochkoSkreplenie pechatami
Skreplenie pechatami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki shaxs o‘zaro til biriktirgan holda fuqarolardan tovlamachilik yo‘li bilan yirik miqdordagi valyuta talab qilib Zangiota tumani hokimligining yer uchastkalari ajratish bo‘yicha qarorlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullanib kelgan

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. 54 yoshli Oysha Abduqodirova o‘zini Toshkent viloyati davlat arxivi xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolardan tovlamachilik yo‘li bilan yirik miqdordagi valyuta talab qilib Zangiota tumani hokimligining yer uchastkalari ajratish bo‘yicha qarorlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullanib kelgan.

Amerikanskaya valyuta v konverte - Sputnik O‘zbekiston
MXX o‘qishga kiritish uchun 15 ming dollar so‘ragan tovlamachi ayolni qo‘lga oldi

"Ayol Zangiota tumani "Eshonguzar" qishloq fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy fuqarodan go‘yoki unga hokimiyat orqali yer ajratib berish haqida qaror chiqarish uchun bir yarim ming dollar olayotganida ushlandi", — deb ma’lum qildi MXX vakili Sputnik muxbiriga.

U dastlabki surishtiruv chog‘ida aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Shu bilan birga ayol bir o‘zi ish olib bormaganligi, Zangiota tumani kadastr bo‘limi inspektori Ulug‘bek Oripov uning qilmishlariga sherik ekanligini bildirdi. Tezkor xodimlar o‘tkazgan operatsiya orqali Oripov Oysha Abduqodirovadan ming dollar olayotganida ushlandi.

Toshkent viloyati prokuraturasi ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoya kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘adi. Ayni paytda qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida ularning qonunga xilof boshqa ishlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0