Beeline Toshkent xo‘jalik sudiga murojaat qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tish"Bilayn"
Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari vazirligi Unitelning 30 % radiochastotalarini boshqa operatorlarga bo‘lib bergan.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. “Vimpelkom”ning O‘zbekiston filiali IP OOO Unitel o‘ziga tegishli bo‘lgan radiochastotalarning bir qismi boshqa uyali aloqa kompaniyalarga bo‘lib berilishi munosabati bilan Toshkent Xo‘jalik sudiga murojaat qildi.

Axborot texnologiyalari  vazirligi tarkibiga kiruvchi Respublika Radiochastotalar kengashi  31 mart kuni 900/1800 MGs diapazondagi radiochastotalarni GSM-operatorlari orasida baravar bo‘lib bergan. Tashkiliy ishlar uchun olti oy vaqt ajratilgan.

“Biz ushbu qaror yuzasidan sudga murojaat qildik, chunki uni yuridik jihatdan asoslanmagan, deb  hisoblaymiz. Yaqinda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan, sudning birinchi muhokamasi boshqa sanaga ko‘chirildi”, — dedi suhbatdosh. Uning so‘zlariga qaraganda  RRK qarori boshqa operatorlar foydasiga, Unitelni 30 % chastotalaridan mahrum qilgan.  

“Biz ishimizni qayta tashkil qilishimiz uchun, rejalashtirilmagan qo‘shimcha sarmoyalar kiritishimiz kerak. Yaqin orada chastotalarning olib qo‘yilishi esa – aloqa sifatini yomonlashtiradi”, — dedi Unitel RIA Novosti agentligiga.

Tadbirkor ish ustida - Sputnik O‘zbekiston
Axborot-kommunikatsiya vazirligi tadbirkorlar muammolari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Rossiyaning OAO "Vimpelkom" kompaniyasi 2006-yilning fevral oyida, asosan Toshkentda faoliyat yuritayotgan OOO Unitel va IP OOO "Bakri Uzbekistan Telekom" ("Buztel") GSM-operatorlarini sotib oladi. Shartnoma umumiy qiymati 260 million dollarni tashkil qildi.

"Vimpelkom" O‘zbekistonda 2006-yildan buyon “Bilayn” breni ostida uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Operatorning litsenziyasi 2031-yilga qadar amal qiladi. 2016-yil yakunlariga ko‘ra, operator abonentlari soni 9,5 million abonentni tashqil qildi, tarmoqni rivojlantirish uchun kiritilgan sarmoyalar miqdori 150 million dollarni tashkil qildi.

Bugungi kunda o‘zbekiston uyali aloqa bozorida beshta uyali aloqa operatorlari faoliyat yuritmoqda. Ular “Bilayn”,  “UMS”, “Ucell”, “Uzmobile” va “Perfectum Mobile”. 2016-yil oxirida olingan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda uyali aloqa bozori 22,5 million abonentdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0