TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va biznes vakillari orasida onlayn-soʻrovnoma oʻtkazmoqda.
Bu axborot-kommunikatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar duch kelayotgan muammo va byurokratik toʻsiqlarni aniqlashga yordam beradi hamda mazkur muammolarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni aniqlaydi.
Soʻrovnoma "Telekommunikatsiya (aloqa tarmoqlari, mobil aloqa, raqamli televideniye)", "Pochta aloqasi", "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (elektron hukumat, dasturiy taʼminot)", "Axborot xavfsizligi", "AKT sohasida kadrlar tayyorlash " va "Boshqalar" deb nomlangan boʻlimlardan iborat.
Soʻrovnoma qatnashchilari oʻzlari haqida maʼlumot qoldirishlari mumkin, lekin bu majburiy emas.