Jizzax viloyati hokimi Janubiy Qozog‘istonga bordi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishQozog‘iston
Qozog‘iston - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Qozog‘iston hokimi Janseit Tuymebayev ikki viloyatning umumiy tomonlari ko‘pligini, ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, qo‘shni davlatga mahsulotlar eksporti hajmini oshirish zarurligi haqida qo‘shimcha qilgan

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimi Janseit Tuymebayev Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Uzoqov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi Podrobno.uz.

Uchrashuvda, shuningdek, ikki mintaqa ishbilarmon doiralari, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Ikrom Nazarovlar ishtirok etishgan.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasida yangi o‘tkazuv punktlari ochiladi
Tomonlar muloqot chog‘ida ikkiyoqlama savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.

Viloyat rahbari Janseit Tuymebayev ikki viloyatning umumiy tomonlari ko‘pligini, ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, qo‘shni davlatga mahsulotlar eksporti hajmini oshirish zarurligi haqida qo‘shimcha qilgan.

Shu bilan birga, tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mintaqaviy hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishgan.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi va Janubiy Qozog‘iston viloyati o‘rtasida tovar aylanmasi o‘tgan yilda 532 million dollarni tashkil qilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0