TOShKENT, 13 apr – Sputnik. Mamlakatlar orasida sayyohlik oqimini oshirish maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida yangi nazorat-o‘tkazuv punktlari ochiliishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu qaror O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Anvar Sharapovning Qozog‘iston Madaniyat va Sport vaziri Aristanbek Muxamediuli bilan bo‘lgan uchrashuvida muhokama qilingan edi.
Ikkin yangi nazorat-o‘tkazuv punktidan tashqari mavjud bo‘lgan uchta nazorat punkti 24 soat ishlash tartibiga o‘tkaziladi.
Qozog‘iston vaziri aytishiga qaraganda, ikki mamlakat orasida sayyohlar oqimi haqiqatdan ham o‘sib bormoqda, demak kelajakda Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma sayyohatlar tashkil qilish imkoni bor.
Podrobno.uz xabariga asosan.