TOShKENT, 11-may — Sputnik. 2017 yil 10-may kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati.
Qayd etilishicha, deputatlar Buxoro shahridagi Abduxoliq G‘ijduvoniy ko‘chasi hamda O‘zbekiston Mustaqilligi ko‘chasining Piridasgir ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan hudud nomini Islom Karimov ko‘chasi nomiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni bir ovozdan ma’qulladilar.
Kengash raisi O‘ktam Barnoyevning so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov nomi bilan ataladigan ko‘cha qiyofasi butkul yangilanib, uning atrofida zamonaviy turar-joylar, Universal sport majmuasi va boshqa ko‘rkam binolar barpo etiladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.