Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 11-may kuni davlat tashrifi bilan Pekin shahriga jo‘nab ketdi

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 11-may kuni davlat tashrifi bilan Pekin shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Rukovoditel otdela Sredney Azii Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Xitoy aloqalari rivojlanishi - Rossiya manfaatlariga zid emas
Xabarda ta’kidlanishicha, XXR Raisi Si Szinpin, Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjan Detsan va boshqa rahbarlar bilan uchrashuv va muzokaralarda o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etiladi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Tashrif dasturida O‘zbekiston prezidentining Xitoyning yetakchi kompaniya va firmalari vakillari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda o‘zaro foydali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 14-15-may kunlari Pekin shahrida "Bir qutb, bir yo‘l" xalqaro forumida ishtirok etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0