Abdulaziz Kamilov BMTning inson huquqlari komissari bilan uchrashdi

© MID Uzbekistana / Anvar IlyasovAbdulaziz Kamilov i Zeyd Raad al-Xuseyn
Abdulaziz Kamilov i Zeyd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston BMTning inson huquqlari bo‘yicha 10 ta asosiy konvensiyasini ratifikatsiya qilgan va ushbu jabhadagi o‘z majburiyatlarining bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib kelmoqda.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida BMTinson huquqlari  komissari Zeyd Raad al-Husayn hamda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovlar orasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan BMT va uning institutlari, jumladan BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi va hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida tomonlarda o‘zaro qiziqish mavjudligi qayd etildi.

Zayd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar O‘zbekistonni olqishladi

Bugungi kunda O‘zbekiston 70 dan ortiq xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan va BMTning inson huquqlari bo‘yicha 10 ta asosiy konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Respublika ushbu jabhadagi o‘z majburiyatlarining bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib kelmoqda.

Muzokaralarda BMTning O‘zbekistondagi rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner, hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy vakili Rishard Komendalar  ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0