Telekommunikatsiya sohasida litsenziya olish osonlashadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPuchok opticheskogo volokna
Puchok opticheskogo volokna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritishni istagan tadbirkorlarga litsenziya berishda sanitariya sertifikati va oliy ta’lim haqidagi diplom talab qilinmaydi.

TOShKENT, 10-maya — Sputnik. O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash jarayonini osonlashtirishga qaratilgan bir necha choralar ishlab chiqmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonda eng ko‘p tavsiya qilingan internet-provayderlar reytingi

Ushbu haqidagi qaror loyihasi regulation.gov.uz — normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan.

Yangi qonunning asosiy maqsadi — telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan Respublika tadbirkorlari uchun qulay sharoitlar yaratib berishdir. Yangi qonunni ishlab chiqishda vazirlik soha tadbirkorlari bilan muloqot qilib ular duch kelayotgan muammolarni o‘rganib chiqqan.

"Yangi qonunda, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya olishga kerak bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxatidan o‘t o‘chirish, sanitariya xizmatlari, oliy ta’lim haqidagi diplom nuxasi va mehnat daftarchasi kabi hujjatlar chiqarib tashlangan", — deyishdi muassasa vakili.

Undan tashqari, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab, internet provayderlari faoliyatini litsenziyalash faqat "yagona oyna" xizmati orqali, 2018-yildan boshlab esa faqat elektron ko‘rinishda amalga oshirila boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0