TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 135 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlardan 61 million 282 ming so‘m aliment pullari undirildi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.
Xabarda aytilishicha, shuningdek, 17 nafar aliment oluvchilarning oilasi tiklanib, qarzdorlarga nisbatan mavjud bo‘lgan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari undiruvchilarga qaytarilgan. Aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan 26 nafar qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishi vaqtincha cheklangan.
Bundan tashqari, aliment pullarini to‘lashdan bosh tortgan 6 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmiga asosan ularga tegishli jazo tayinlangan.