TOShKENT, 10-may — Sputnik. Farg‘ona shahri va Shohimardon posolkasi o‘rtasida 2013-yilda yopilgan avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot-xizmati.
"…viloyat hokimining tashabbusi bilan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Farg‘ona viloyati bo‘limining ko‘magida viloyatimizning eng chekka anklav hududi bo‘lmish Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘ini viloyat markazi Farg‘ona shahri bilan bog‘lovchi "Shohimardon-Farg‘ona" avtobus yo‘nalishi qayta yo‘lga qo‘yildi", — deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalish Farg‘ona shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Farg‘ona Oltin Vodiy Navkari” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Yo‘nalishda ikki dona Isuzu avtobusi harakat qilmoqda.
Korxona tomonidan aholining talab-yextiyojiga qarab turib ushbu yo‘nalishda ishlovchi avtobuslar sonini 4 donagacha yetkazish rejalashtirilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.