Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi rahbariga tabrik yo‘lladi

© IA "Kazinform"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti Mun Chje Inni qulay vaqtda mamlakatga tashrif buyurishga taklif etdi

TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inni Koreya Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi,deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Pxenyandagi Romon ko‘chasi - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Shimoliy Koreyaga tashrif uyushtirishi mumkin
"25 yillik diplomatik munosabatlar davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida chinakam do‘stona aloqalar, mustahkam strategik hamkorlik munosabatlari, ikki tomon kun tartibining barcha masalalari yuzasidan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv muloqot o‘rnatildi", — deb e’tirof etilgan maktubda.

Qayd eta’kidlanishicha, tomonlar avtomobilsozlik, mashinasozlik, elektr energetika, neft-gaz, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida investitsion hamkorlik borasida ulkan ijobiy tajriba to‘plagan.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida izchillik va tadrijiylikni saqlagan holda Koreya Respublikasi bilan do‘stlikni va konstruktiv hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yo‘ldan olg‘a boradi.

O‘zbekiston Prezidenti Mun Chje Inni qulay vaqtda mamlakatga tashrif buyurishga taklif etdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0