TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga boradi.
Davlat tashrifi davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaivy va xavfsizlik sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalari, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlik muhokama qilinadi.
Davlat tashrifi doirasida Xitoy bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ikki mamlakat yirik korxonalari orasidagi tijoriy shartnomalar imzolash va 14-15 may kunlari Pekinda bo‘lib o‘tadigan «Bitta kamar — bitta yo‘l» forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Ayni damda «Bitta kamar — bitta yo‘l» forumida 28 mamlakat vakillari ishtirok etishi tasdiqlangan. Ular orasida O‘zbekiston, Argentina, Belarus, Chili, Chexiya, Indoneziya, Qozog‘iston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Shveysariya, Turkiya, Vyetnam prezidentlari, Kamboja, Efiopiya, Fiji, Yunoniston, Vengriya, Italiya, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Polsha, Serbiya, Ispaniya, Shri-Lanka bosh vazirlari va Myanma davlat kotibi bor.
Forum 15-may kuni bo‘lib o‘tadi va unda umumiy hisobda 1,2 mingdan ortiq kishi ishtirok etadi.
Bugungi kunda, Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy hamkori va eng yirik sarmoyadorlaridan biridir.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.