TOShKENT, 10-may — Sputnik. To‘qqiz yil davom etgan konservativlar hukmronligidan so‘ng Janubiy Koreyada hukumat tepasiga talabalar harakatining sobiq faoli Mun Chje In keldi. Yangi rahbar diktator Pak Chon Xi rejimida bir necha bor qamoqda o‘tirgan, so‘ngra esa spesnaz tarkibiga qabul qilingan va vaqt o‘tib demokratik harakat yetakchisiga aylangan, deb xabar berdi RIA Novosti.
Janubiy Koreya OAVlarida chop etilayotgan xabarlarga ko‘ra, Mun Chje Inning ota-onasi 1950-1953 yillarda boshlangan Koreya urushidan so‘ng Shimoliy Koreyadan Janubiy Koreyaning Kodjedo oroliga qochqinlar sifatida olib chiqilgan.
Tarjimai holidagi aynan mana shu fakt keyinchalik Mun Chje Inga nisbatan "tosh" otilishiga va unga nisbatan "u Shimoliy Koreya tarafdori" degan gap ishlatilishiga sabab bo‘lib keldi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.