TOShKENT, 4-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni diniy erkinliklar to‘g‘risidagi ijro etuvchi farmonni imzoladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Ammo, bu orada Oq Uydagi tadbirda chiqish qilgan Tramp "ushbu farmon AQShdagi diniy erkinlik va so‘z erkinligini himoya qilishini" qayd etgan. Tramp "ushbu farmon siyosiy chiqishlari uchun diniy tashkilotlarning soliq muassasasi tomonidan ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi", deb aytgan.
"Mening ma’muriyatim davrida so‘z erkinligi endilikda cherkov, sinagog va boshqa diniy binolar pillapoyalarida to‘xtab qolmaydi. Hukumat diniy tuzilmalarni ularning qarashlari uchun endilikda hech qachon ta’qib qilmaydi", — deb aytgan Tramp.
Tramp shuningdek, "AQSh hech qachon diniy diskriminatsiya bilan shug‘ullanmasligini" qayd etgan. "Biz dindorlar zo‘ravonlikka yoki ta’qibga duchor bo‘lishlariga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz", — degan AQSh prezidenti.
Tramp shuningdek, "biz barcha uchun diniy erkinlikni himoya qilamiz", deya alohida urg‘ulagan.
Tramp tomonidan imzolangan farmon "Jonson tuzatishlari" deya ataluvchi hujjatni bekor qiladi. "Jonson tuzatishlari" 1954-yilda keyinchalik AQSh prezidentiga aylangan senator Lindon Jonson tomonidan kiritilgan. Hujjatda cherkovlar va boshqa diniy tuzilmalar u yoki bu siyosatchining chiqishlarini oqlasa yoki qoralasa soliq imtiyozlaridan mahrum etilishi aytilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.