TOShKENT, 10-may- Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2016-yildagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2-4 may kunlari Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
FVV matbuot xizmati ta’kidiga ko‘ra, qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqlarining asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilangan:
— tuman aloqa va markazlashtirilgan xabar berish tizimini ishonchli va barqaror ishlashini amalda tekshirish;
— tuman favqulodda vaziyatlarni olidini olish va harakat qilish davlat tizimining quyi tizimining boshqaruv organlari, kuch va vositalarining favqulotdda vaziyatlar sodir bo‘lganda xizmat vazifalarini bajarish darajasini aniqlash;
— tuman favqulodda vaziyatlarni olidini olish va harakat qilish davlat tizimi funkutsional va hududiy quyi tizimlari boshqaruv organlari faoliyatini hamda kuch va vositalarining shayligini tamokillashtirish, aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish;
— favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududdan jabrlangan aholini evakuatsiya qilish, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish, zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, avariya-qutqaruv ishlarini olib borishda moddiy-texnika ta’minoti masalalarini hal etish;
— yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda favqulodda vaziyatlarni olidini olish va harakat qilish davlat tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish hamda muvofiqlashtirish.
"Qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqida 2896 nafardan ortiq tuman favqulodda vaziyatlar xizmatlari shaxsiy tarkib xodimlari, ishchilar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Shu bilan birga, 215 ta avariya-qutqaruv texnikasi va asbob-anjomlar jalb etildi", deb xabar beradi FVV.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘quv mashq davomida rejalashtirilgan barcha maqsadlar va vazifalar samarali amalga oshirilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.