KXDR harakatlariga javoban Janubiy Koreya o‘z qo‘shinlarini jangovor holatga keltirdi

© AP Photo / Ahn Young-joonJanubiy Koreya tanklari
Janubiy Koreya tanklari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVlarda Shimoliy Koreya 5-aprel kuni Yapon dengizi tomon raketa uchirgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Pxenyan tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi raketa sinovlaridan so‘ng Janubiy Koreya qo‘shinlari jangovor holatga keltirildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya o‘zini "Sharqning yetakchi yadroviy davlati" deb atadi
"Pxenyan tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi raketa sinovlaridan so‘ng Seul KXDRga zarba berish maqsadida o‘z armiyasini jangovor holatga keltirdi", — deyilgan chorshanba kuni Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari Birlashgan shtablar boshliqlari qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan bayonotda.

Bayonotda, Janubiy Koreya qo‘shinlari "Shimoldan bo‘ladigan har qanday provokatsiyaga zudlik bilan javob qaytarish uchun jangovor shay holatni ishonchli saqlab turishgani" aytilgan.

"Bizning Qurolli kuchlarimiz Shimoliy Koreya tomonidan bo‘layotgan yadro va raketa tahdidlarini to‘xtatish va ularga javob qaytarish salohiyatini rivojlantirishda davom etadi va ogohlantiradiki, telbalarcha provokatsiya Shimoliy Koreya rejimining qulashiga olib keladi", — deyilgan Birlashgan shtablar boshliqlari qo‘mitasi bayonotida.

Oldinoq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya tomonidan yangi sinovlar Sinpxo aholi yashash punkti tumanida Yapon dengizi tomon amalga oshirilgan. Raketa 60 kilometrcha masofaga uchgan.

Yangiliklar lentasi
0