TOShKENT, 9-may — Sputnik. Toshkent shahridagi "Xalqlar do‘stligi" bog‘ida Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Haykal ilgariroq shahar chekkasiga ko‘chirilgan, ammo O‘zbekiston prezidenti qarori bilan shahar markaziga qaytarilgan edi.
Aytish joizki, Shomahmudovlar oilasi insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatgan oila sifatida tarixda qoldi. Shoahmad ota va Bahri aya turli millat vakillari bo‘lgan 13 o‘g‘il-qizni va urushdan so‘ng yana 3 bolani o‘z tarbiyalariga olishgan. Bular Habiba, Vova, Shuhrat — rus, Hamidulla — ukrain, Rafiq, Rahmatulla — tatar, Xolida — moldavan, Samug‘ — chuvash, Yo‘ldosh, Ergash — yahudiy, Halima — qozoq, Qoravoy, Ne’mat, Muazzam, Hakima, Ulug‘bek — o‘zbek.
Shomahsudovlar oilasi haykallari avval boshdan haykaltarosh D.I.Rabichev tomonidan o‘ylangan kompozitsiyada o‘rnatildi.
Haykalga to‘rt tomondan — trotuar yo‘laklari yoki zinalar orqali borish mumkin bo‘ladi. Monument kechki vaqtlarda to‘rt tomondan ham yoritib turiladi. Shuningdek, gullar qo‘yishga mo‘ljallangan asos ham o‘rnatildi. Yon atrofdagi hudud ko‘kalamzorlashtirildi.
"Bu yaxshilik alomati, xalqlar do‘stligi yana e’zozda. Atrofga nazar tashlang, bugun biz 9-may bayramini yana salyutlar bilan nishonlayapmiz, georgiy lentalarini taqapmiz, odamlar gimnasterkalarda yurishibdi, va bu narsalarning hammasi ochiqchasiga, hukumat tomonidan bo‘layotgan qo‘llab-quvvatlashlar yordamida amalga oshirilyapti. Biz o‘z tariximizdan qo‘rqishni bas qilganimizni juda yaxshi ish deb bilaman, endilikda biz oldinga mardonavor nigoh tashlab, o‘z ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz mumkin va bu juda yaxshi ish", — deb o‘z fikrlarini bildirdi Sputnik muxbiriga Toshkent shahrida yashovchi Tamara Olshova.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.