Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga tezkor yordam beradigan sayt ishga tushirildi

© FacebookO‘zbekiston TIV binosi
O‘zbekiston TIV binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushba saytda onlayn maslahat moduli ishga tushirilgan, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga tezkor yordam beradigan sayt ishga tushirildi, deb xabar berildi O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning chet davlatlardagi elchixonalari ishi tanqid qilindi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2017-yil 1 choragidagi faolyati yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan axborotda aytib o‘tilgan.

"Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga tezkor yordam berish maqsadida shu yilning mart oyidan boshlab consul.mfa.uz saytida "onlayn maslahat" moduli ishga tushirildi va hozirgi kunga qadar 100 dan ortiq fuqaro murojaati qabul qilindi", — deyilgan xabarda.

Saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, xorijda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari konsulliklarga ko‘pincha "O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qay tarzda olish mumkin?", "O‘zbekistondan hujjatni so‘rab olish tartibi qanday?", "Xorij davlat fuqaroligini qabul qilgandan keyin O‘zbekiston fuqarolari qanday harakatlarni amalga oshirishlari zarur" va boshqa o‘zlari uchun dolzarb savollar bilan murojaat qilishgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0