Chingiz Xon kubogida O‘zbekiston boks jamoasi 11ta medal qo‘lga kiritdi

© ASBCChinggis Khan Cup kubogi
Chinggis Khan Cup kubogi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro boks turnirida O‘zbekistonlik bokschilar 4 oltin, 4 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Ulan-Batorda bo‘lib o‘tgan xalqaro Chinggis Khan Cup turnirida O‘zbekiston boks jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda Olamsport sahifasi.

Quvonarlisi shundaki bu safar ishtirok etgan sportchi qizlar Tursunoy Rahimova (51kg) va Maftuna Meliyeva (60kg) lar ham oldin medal sohiblari bo‘lishdi.  

Erkaklar orasida Isroil Madrimov (75kg) va Abdulxay Shoraxmatov (56 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

Kumush medalga qizlardan Shahnoza Nizomova (69kg) va o‘g‘il bolalar orasida Nodir Mirzahmedov (49kg), Abror Qodirov (52kg) va Fazliddin Meliboyev (69kg) lar sazovor bo‘lishdi.

Bronza medalga Dilnoza Odiljonova (54kg), Yelnur Abduraimov (60kg) va Zuhriddin Mahkamov (81kg)lar sozovor bo‘lishdi.

Mo‘g‘ulistondagi turnirda O‘zbekiston terma jamoasiga Rustam Saidov va Dilmurod Hasanovlar murabbiylik qilishdi. Bekjon Yusupov esa boks bahslarida hakamlik qildi.

© ASBCChingiz Xon boks turnirida qizlar bahsi
Chinggis Khan Cup - Sputnik O‘zbekiston
Chingiz Xon boks turnirida qizlar bahsi
Yangiliklar lentasi
0