TOShKENT, 8-may — Sputnik. Bog‘dod tumani IIBga shu tumandagi "Qishloq xo‘jalik kasb xunar" kolleji direktori o‘rinbosaridan ariza kelib tushdi, deb xabar berilgan O‘zbekiston IIV rasmiy saytida.
Arizada aytilishicha, kollej rahbari o‘rinbosarining uyiga o‘g‘rilar hujum qilgan.
So‘ng ichidan 30 gr og‘irlikdagi (narxi 5 mln 100 ming so‘mlik) tros, "Kali" nomli 1 mln 700 ming so‘mlik tros, ikki dona nikoh uzuklari hamda narxi 170 ming so‘mlik "Svarovskiy" nomli sirg‘ani olib chiqib ketishgan. Taqinchoqlarning umumiy bahosi 7 mln 565 ming so‘mni tashkil qilgan.
O‘g‘rilar seyf ichidagi 425 ming so‘m pul va 500 AQSh dollarini ham o‘zlari bilan olishgan.
2017 yil 27-aprel kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbir davomida, ushbu jinoyatni Oltiariq tumanida yashovchi yollanma ishchi, 1987-y.t. Sh.R sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.