TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Fransiya prezidentligiga da’vogar ikki nomzodga qarshi kelishilmagan namoyishga chiqqan maktab o‘quvchilari va litseychilarga kuzatuvchilik qilgan politsiyailar ommani tinchlantirish uchun ko‘z yosh oqqizuvchi gazni qo‘lladi, deb xabar qildi hodisa joyida RIA Novosti muxbiri Viktoriya Ivanova.
Ta’kidlanishicha, politsiyachilarga qarata uloqtirilgan shisha idishlar va axlatlarga qarshi huquq posbonlari, odatdagidek, ommaga qarata ko‘zosh oqqizuvchi gazni qo‘llagan.
Nashr muxbiri xabariga ko‘ra, bir necha yuzlab maktab o‘quvchilari Fransiya prezidentligiga nomzodlar — sobiq vazir Emmanuel Makron va "Milliy front" partiyasi yetakchisi Marin Le Penga qarshi norozilik aksiyasini uyushtirishgan. Maktab o‘quvchilari namoyishi mamlakat poytaxtida payshanba kuni ertalab boshlangan. Oqibatda, Parijdagi bir nechta o‘quv dargohlariga yo‘l qisman yoki butkul yopilgan.
Yoshlar "Le Pen ham, Makron ham kerakmas" shiorlari ostida namoyish uyushtirishmoqda.
Norozilik aksiyasining ayrim ishtirokchilari do‘konlar vitrinalarini urib sindirishgan.
Ushbu marsh shahar hokimiyati bilan kelishilmagani aytilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.