O‘zbekistonlik sportchilar ilk marta Islom hamjihatlik o‘yinlarida ishtirok etishadi

© NOK UzbekistanaSportsmeni olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana
Sportsmeni olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musobaqa olimpiada o‘yinlari kabi 4-yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadi va u Islom mamlakatlari olimpiadasi deb ham ataladi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamjihatlik o‘yinlarida O‘zbekistondan 165 nafar sportchi ishtirok etadi, deb xabar bermoqda olamsport.com.

Hijobli sportchilar - Sputnik O‘zbekiston
Nike musulmon ayol sportchilar uchun hijob ishlab chiqaradi

Musobaqa olimpiada o‘yinlari kabi 4-yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadi va u Islom mamlakatlari olimpiadasi deb ham ataladi.

Ilk o‘yinlar 2005-yili Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan. Eron esa 2009-yilda ikkinchi musobaqaga mezbon bo‘ldi. Indoneziyaning Pekanbaru shahri 2013-yilgi turnirni qabul qilgan.

Islom hamjihatlik o‘yinlari sportning 21ta turini o‘z ichiga oladi. Bular yengil atletika, suvga sakrash, suzish, suv polosi, basketbol 3x3, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, ushu, stol tennisi, gandbol, dzudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, o‘q otish, tennis, voleybol, boks, zorxana, karate, taekvondo va og‘ir atletika.

O‘zbekistonliklar ushbu o‘yinlarda sportning 15 turida o‘z omadlarini sinab ko‘radilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0