TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Sport kiyimlari va aksessuarlari brendi bo‘lmish Nike kompaniyasi musulmon davlatlar sportchi ayollari uchun maxsus sport hijoblari ishlab chiqarishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Ishlab chiqaruvchining bayonot berishicha, kompaniya bir yil davomida musulmon mamlakatlarning taniqli sportchi ayollari yordamida namunaviy hijoblarni sinovdan o‘tkazgan. Yakuniy mahsulot ishlab chiqarishda aynan ularning maslahatlari inobatga olingan.
Sportchilar bunday mahsulot ishlab chiqarilishini anchadan buyon kutishayotganini bildirishgan. Sport hijobi kelasi yil boshida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Ekspertlar Nike terining erkin nafas olishiga imkon beruvchi mato ixtiro qilganini ta’kidlashdi.