Transport tizimini qanday rivojlantirishni yo‘lovchilarning o‘zlari aytishadi

Obuna bo‘lish
"Toshshahartransxizmat" AJ manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahri yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishda 2030-yilgacha bo‘lgan konsepsiyasini ishlab chiqmoqda

TOShKENT, 7-may — Sputnik. "Toshshahartransxizmat" rahbariyati aholiga Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarini bildirishini so‘rab murojaat qildi.

Yongan avtobus - Sputnik O‘zbekiston
"Muddati tugagan transportlar": Toshkentda yana avtobus yonib ketdi

Takliflar 2017-yilning 10-iyuniga qadar concept@tshtx.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi. Taklif beruvchidan o‘z ism-sharifi va telefon raqamini ko‘rsatishlari so‘ralgan.

"Toshkent shahri yo‘lovchi tashish transporti majmuasini rivojlantirishda birinchi navbatda yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish asosiy e’tiborga olingan yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar, takliflaringizni kiritishni so‘raymiz. Shuningdek xorijiy mutaxassislarning shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish istiqbollari haqida tajribalarini bildirishlarini istar edik. Muhtaram yo‘lovchilardan avtobusda, metroda va yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchi tashish sohasiga oid innovatsion takliflaringizni kutib qolamiz", — deyiladi xabarda.

Kompaniya fuqarolarning takliflari shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda e’tiborga olinishini bildirgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0