TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zgarish massivida Janubiy vokzaldan Sergeliga qarab ketish yo‘lida yana bir marta avtobus yonishi holati kuzatildi.
Feysbukdagi "Voditeli Tashkenta" guruhi a’zolaridan biri Internetga hodisa joyida olingan suratlarni joylashtirgan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Yuz bergan hodisa yuzasidan internet foydalanuvchilari navbatdagi bor o‘z fikrlarini bildirishga tushishgan.
Aytish joizki, avtobuslar nega bu tarzda "o‘zidan o‘t chiqarishi" sabablari hozirga qadar noma’lumligicha qolmoqda.
"Navbatdagi mavsumni ochiq deb e’lon qilamiz", — deya muzokarani davom ettirgan Davron ismli foydalanuvchi.
"Avtobuslarga nima bo‘ldi? Nega ular yonyapti? Ularning muddati tugab bitdi degan xayolga borapman", — deya savol tashlagan Sabina Martison.
Aholi tez orada ushbu hodisa yuzasidan barcha savollarga javob oladi, degan umiddamiz.