TOShKENT, 7-may — Sputnik. Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi Qora-Kulja tumanidagi shu nomdagi qishloq tuproq ko‘chishi xavfi ostida qolgan, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat FVV matbuot xizmatiga tayanib.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar qilishicha, Jayittin-Ustu hududida uzunligi 22 metr, eni 5 santimetr va chuqurligi bir metrli yoriq paydo bo‘lgan. Tuproq qishloqdagi 11ta uyni bosib qolishi mumkin.
Hozirda tuman mudofaa ishlari komissiyasi aholini xavfsiz joyga ko‘chirmoqda.
29 aprel kuni O‘zgan tumanidagi Ayuu qishlog‘ida tuproq ko‘chishi oqibatida 24 kishi halok bo‘lgandi. Qidiruv ishlari davomida sakkiz kishining jasadi topildi. 4-may kuni qidiruv ishlari to‘xtatildi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.