Emomali Rahmon Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatdan tashvishlanmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon
Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasining xabariga qaraganda, toliblar Tojikistonning Ishkashim tumani bilan chegaradosh Zebak viloyatini egallab olishgan

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Tojikiston Afg‘onistonga terrorizm, ekstremizmni bartaraf etish hamda birlik va milliy kelishuvni ta’minlashda har tomonlama ko‘mak beradi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston prezidentning matbuot xizmatiga asoslanib.

Tolibon - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Afg‘onistonda "Tolibon"ning "bahorgi hujumi" boshlandi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda Tojikiston rahbari Emomali Rahmon Afg‘oniston, xususan uning shimoliy mintaqalarida vujudga kelayotgan xavotirli vaziyatdan tashvishda ekanligini bildirgan.

Ilgariroq "Tolibon" jangarilarining Tojikiston chegarasiga xavfli darajada yaqinlashib kelishgani sababli Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh tumanida favqulodda vaziyat joriy etilgani haqida xabar qilingan.

Tojikiston chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasining xabariga qaraganda, toliblar ma’lum bir muvaffaqiyatga erishishgan. Ular Tojikistonning Ishkashim tumani bilan chegaradosh Zebak viloyatini egallab olishgan. Boshqarmaning ta’kidlashicha, Ishkashim tumanida vaziyat barqaror.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0