Qirg‘iziston fojeasi: O‘zganda qutqaruv ishlari davom etmoqda

Obuna bo‘lish
Kecha tongda Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi O‘zgan tumanidagi Ayuu qishlog‘ida ulkan tuproq ko‘chkisi 11 uyni bosib qoldi. 24 kishi ko‘chki ostida qolib ketdi.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida 11 uyni tuproq bosib qoldi, Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Kecha tong soat 07:20 da O‘zgan tumanidagi Ayuu qishlog‘ida og‘irligi 1 million tonnadar ortiq ulkan tuproq massasi ko‘chib 11 uyni bosib qolgan edi.

© Press-slujba MChS KRO‘zganda yer ko‘chkisi
Opolzen v Uzgene - Sputnik O‘zbekiston
O‘zganda yer ko‘chkisi

"Yer ko‘chkisi ostida 24 kishi qolgan. Ulardan to‘qqiz nafari bolalar", — deyilgan Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Qirg‘iziston VFFsi xabariga ko‘ra, tuproq ostida qolganlarni qutqarishga umid juda kam. Ustiga ustak kecha Qirg‘izistonning ushbu hududida yomg‘ir aralash qor yog‘ib qutqaruv ishlarini mushkullashtirgan.

Tabiiy ofat yuz bergan joyga 100  kishidan iborat Qirg‘iziston FVV vakillari uchta tez yordam mashinasi yetib kelgan. Qirg‘iziston FVV vaziri Kubatbek Boronov boshchiligidagi operatsiya kech soat 20:45ga qadar davom etgan.

Bugun tong soat 05:00 dan boshlab operatsiya o‘z faoliyatini qayta boshlagan. Qutqaruvchilar soni 400 kishida oshgan. Ayuu qishlog‘i aholisini xavfsiz joyga ko‘chirish maqsadida 30 ta palatka o‘rnatilgan.

Jabrlanganlar va yaqinlarini yo‘qotgan 7 nafar fuqaroga tashkil qilingan vrachlik punktlarida tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek tabiiy ofat yuz bergan joyda epidemiologik tibbiy xizmat xodimlari suv va yer namunalari olib yuqumli kasalliklar tarqalish ehtimolini tekshirishmoqda.

Ushbu tabiiy ofat munosabati bilan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari Almazbek Atambayevga va Qirg‘iziston xalqiga chin ko‘ngildan chuqur hamdardlik bildirishdi.

Bugun 30-aprel kuni Qirg‘izistonda motam kuni deb e’lon qilingan. Barchi viloyat markazlarida davlat bayroqlari tushrilgan.

Ayuu qishlog‘ida doimiy ravishda 40 oila yashab kelgan. Qirg‘iziston FVV vazirligi xabariga ko‘ra, mart oyida ularning hammasiga vazirlik tomonidan xavsiz joyga ko‘chib o‘tish haqida ko‘rsatma berilgan.

© Press-slujba MChS KRO‘zganda yer ko‘chkisi
Opolzen v Uzgene - Sputnik O‘zbekiston
O‘zganda yer ko‘chkisi

Ayni damda Tabiiy ofat yuz bergan joyda 266 nafar VFF xodimlari, 100 nafar harbiy xizmatchilar, 50 militsioner va 15 tibbiy xodim faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0