TOShKENT, 4-may — Sputnik. "Toshkent" seysmostansiyasi tomonidan bergan ma’lumotiga ko‘ra, 4-may kuni soat 16:10 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida takroriy (aftershok) zilzila qayd etilgan. Bu haqda "Uz24.uz" xabar berdi.
Zilzila episentri Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 260 km uzoqlikda Tojikiston hududiga to‘g‘ri keladi.
Episentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,2 ni tashkil etdi.
Respublika hududida seysmik faollik Farg‘onada 2 ball, Andijonda 2 ball, Namanganda 2 ball, Toshkentda 2 ballga yaqin bo‘lgan.
Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmadi, deb xabar qiladi FVV matbuot xizmati.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.