Rossiyadagi podshipnik zavodi O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMigrantlar
Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
3-4 may kunlari podshipnik zavod rahbari Popov bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Endi ish beruvchi tomondan suhbat bo‘lib o‘tadi, suhbatdan o‘tgan fuqarolar zavodga ishga jo‘natiladi

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Rossiyadagi podshipniklar ishlab chiqaruvchi zavod O‘zbekistondan ikki mingga yaqin ishchi va mutaxassislarni ishga yollashga qaror qildi.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuv imzoladi
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga O‘zbekiston Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 3-4 may kunlari Rossiyaning Vologod shahridagi podshipnik zavodi rahbari Viktor Popov 200 nafarga yaqin o‘zbekistonliklar bilan suhbat o‘tkazgan.

"3-4 may kunlari podshipnik zavod rahbari Popov bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.  Endi ish beruvchi tomondan suhbat bo‘lib o‘tadi, suhbatdan o‘tgan fuqarolar zavodga ishga jo‘natiladi", — dedi agentlikka suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyi oxirida O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Tashqi ishlar mehnat migratsiyasi agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan edi. Mana shu uchrashuv chog‘ida agentlik Rossiyaning bir qancha regionlarida bo‘lib, bir nechta mehnat shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo‘lishgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0