TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish boʻyicha kelishuv imzoladi.
Hujjat Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga davlat tashrifi doirasida imzolandi.
Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari shuningdek, birgalikda migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini taʼsis etish boʻyicha ham kelishuv imzoladi.
Bundan tashqari, tomonlar sogʻliqni saqlash, tibbiy taʼlim va fan sohasida, turizm sohasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladilar.
Shuningdek, "YEVROTSEMENT grup" va "Oʻzqurilishmateriallar" AJ, "Gazprom eksport" MCHJ va "Oʻztransgaz" AK, "Gazprom" OAJ va "Oʻzbekneftegaz" MXK, Vneshekonombank va Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banklari oʻrtasida hujjatlar imzolandi.
Tashrif doirasida ikki mamlakat bojxona xizmatlari, qator vazirliklar, oliy oʻquv yurtlari, tibbiyot muassasalari, korxona va tashkilotlari oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv va shartnomalar imzoladi.